Agro Market Pro Sellers
Biz bilan minglab fermerlar, dehqonlar va tadbirkorlar savdo qilmoqda. Qo'shiling va butun mamlakat bo'ylab millionlab xaridorlarga ega bo'ling.
Ro'yxatdan o'tgan
tayyor xaridorlar
Sotuvchilarimizning
o'rtacha savdo o'sishi
Ro'yxatdan o'tib, birinchi
foydani olishgacha vaqt
Reklama va marketing xarajatlarini unuting. Agro Market Pro ga xaridorlar shundoq ham sizning tovaringizni qidirib kirishadi.
Siz faqat buyurtmani qadoqlang. Bizning kuryerlarimiz eshigingizdan olib, O'zbekistonning istalgan nuqtasiga yetkazib beradi.
Savdolaringiz statistikasi, oylik daromad va qoldiq tovarlar barchasi bitta aqlli dastur (Dashboard) orqali boshqariladi.
Barcha oldi-sotdi va hujjatalar aylanmasi rasmiy E-imzo orqali tasdiqlanadi. Biznesingiz davlat qonunchiligi himoyasida.
Tovar mijozga yetib borgandan so'ng, pulingiz tezkorlik bilan bank hisobingizga yoki kartangizga o'tkazib beriladi.
Platformada qanday qilib savdoni portlatish sirlarini bepul o'rgatamiz va 24/7 yordam xizmati siz bilan birga ishlaydi.
STIR (INN) raqamingizni kiriting va o'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni to'ldirib, elektron shartnomaga rozi bo'ling.
Platformada shaxsiy vitrinangizni yarating. Tovarlaringizning rasmlari, xususiyatlari va narxini kiritib soting.
Birinchi buyurtmani oling, uni qadoqlab kuryerga topshiring va pulingizni hisobingizdan yechib oling.
Sizdan faqatgina yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) ekanligingizni tasdiqlovchi STIR (INN) raqami, bank hisob raqami (MFO va Tranzit schyot) va direktorning pasport ma'lumotlari talab etiladi. Barcha hujjatlar onlayn tasdiqlanadi.
Biz sizning har bir muvaffaqiyatli sotilgan tovaringizdan o'rtacha 5% vositachilik haqi (komissiya) ushlab qolamiz. Tovarni tizimga qo'yish va saqlash butunlay bepul! Siz faqat sotilgandagina pul to'laysiz.
Siz bizning FBS (Sotuvchi omboridan) modelimizda ishlaysiz. Ya'ni tovarlar o'z do'koningizda turadi. Xaridor buyurtma berganda, bizning logistika xodimimiz o'zi eshigingizgacha borib, qadoqlangan tovarni olib ketadi.
Agar tovar sifatsiz chiqsa yoki buzilgan bo'lsa, xaridor uni 10 kun ichida qaytarishga haqli. Bunday holda tovar kuryerlarimiz orqali yana sizning do'koningizga bepul qaytarib kelib beriladi va bu holat panelingizdagi "Qaytarilganlar" bo'limida ko'rinadi.